Soch parvarishi. Bunda nimalarga ahamiyat berish kerak?
Boshimizda 100 ming dona atrofida soch tolasi bor. Shundan kuniga 50-100 ta to‘kilishi me’yoriy holat hisoblanadi. Bundan ortiq to‘kila boshlasa, chora ko‘rishga kirishing! Odatda erkaklar sochlari haqida ayollar kabi qayg‘urishmaydi. E’tiborsizlikning oqibati esa og‘ir bo‘lishi mumkin. Vaholanki, oddiygina qoidalar bilan soch umrini uzaytirsa bo‘ladi. Soch parvarishini deyarli har kuni amalga oshirish lozim: sochni yuvish, tarash va quritish.
To‘g‘ri tanlang
Shampun va balzam sochingiz turiga mos bo‘lsin. Agar bu borada ikkilansangiz, sartarosh bilan maslahatlashing.
Yuvish
Tana kabi sochga ham tozalik kerak. Yog‘li sochni har 2-3 kunda, quruq sochni esa har 5-6 kunda yuvish lozim. Suv juda issiq bo‘lmasin.
Yaxshilab tarang
Sochni har kuni tarab turing. Bu bosh terisida qon aylanashini yaxshilashga va yog‘ bezlari sekretining sochlar bo‘ylab teng tarqalashiga yordam beradi. Sochni ildizidan uchiga qarab tarash kerak. Ho‘l sochni ehtiyotkorlik bilan tarang.
Quritish
Yog‘li va normal sochlarni fen bilan, quriqlarini sochiq bilan quritgan ma’qul.
Muntazam kaltalating
Sochni muntazam ravishda kaltalatib turish nafaqat tashqi ko‘rinish uchun, balki sochning sog‘lomligi uchun ham kerak. Har uch-to‘rt haftada sartaroshga borib turishni unutmang.
Bosh terisiga e’tibor
Bosh terisidagi har qanday o‘zgarishlar, jumladan, qichishish, yallig‘lanish, kepak yoki sho‘ralashishga bee’tibor bo‘lmang. Sochning holati salomatligingiz aksi ekanligini ham unutmang. Soch to‘kilishi, seboreya paydo bo‘lishi yoki boshqa biror salbiy o‘zgarish kuzatilishi bilan shifokor (dematolog)ga murojaat qiling.
Bosh kiyim
Sochlaringizni qishda qaharaton sovuqdan, yozda esa jazirama sovuqdan bosh kiyim bilan asrang. Foydali maqola: Ayollar uchun sochlarni to‘g‘ri parvarishlash usullari
© Tib.uz nashri
Ulashish
Tavsiya qilinadigan dorilar
Super magniy B6, Magne B6, 50 tabletka - Plan Baby
Mahsulot haqida qisqacha:
- Xotira va diqqatni yaxshilaydi
- Aqliy va jismoniy zo`riqishlardan xalos qiladi
- Xushchaqchaqlik baxsh etadi
- Spazmofiliyada mushaklarda tonusni kamaytiradi
- Homiladorlikda: Homilaning to‘qimalari to`g`ri shakllanishi va asab tizimlari rivojlanishi uchun
- Stressga qarshi – Antistress modda
- Yurak va qon tomir kasalliklarini davolashda
- Asab tizimidagi muvozanatni tartibga soladi
29 000 so'm
59 000 so'm
Pertin 30 kapsula
Faol moddalar:
•Beta keratin 10mg
•Biotin -6000 mkg
•Fosfor- 100mg
•Sink oksidi 30mg
•Koenzim
•Omega-3 -20mg
•Sistin 30 mkg
•Cobalt 30 mkg
•Selen 25mkg
•Vitamin B1 (Tiamin nitrat) -30mg
•Vitamin B6 - 8mg
•Vitamin B9 (Folik kislota) 400 mkg
•Vitamin C 30 mg
•Vitamin E 28 mg
•Temir sulfat 20mg
120 000 so'm