Qo'llar parvarishi qoidalari va usullari

Noto'g'ri kosmetika va tashqi omillar qo'llaringizning erta qarishiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Qanday qilib qo'llar parvarishi bilan teriga g'amxo'rlik qilish kerak va uzoq vaqt davomida qo'llaringizni yosh va silliq ushlab turish uchun qanday muolajalar qilish kerak - ushbu maqolada aytib o'tamiz.

Qo'llar parvarishi qoidalari va usullari
Qo'llar parvarishi qoidalari va usullari

Qo'llar parvarishi 1 - qoidasi: qo'llarning tez qarishini oldini olish

Qo'llar sohasidagi teri juda nozik va juda oz yog' bezlarini o'z ichiga oladi. Yog' bezlari kamligi uchun bunday teri tezda namlikni yo'qotadi va quriydi. Qo'llar tananing ochiq maydoni sababli, ular noqulay tashqi muhit ta'siriga juda sezgir.

Qo'llar parvarishi

Foto: adme.ru

  • Bizning qo'llarimiz terisining asosiy dushmanlaridan biri bu quyoshdir. Ultrabinafsha nurlar terining elastikligi va silliqligi uchun mas'ul bo'lgan kollagenni yo'q qiladi. Natijada ajinlar va pigmentatsiya paydo bo'ladi.
  • Qish - bu ajoyib vaqt, qo'llar uchun emas. Sovuq havoda teri qurish va po’stlashishga moyil bo'ladi. Ushbu muammoga duch kelmaslik uchun, qish paytida qo'lqop kiyishni va qo'llar parvarishi bilan shug'ullanishni unutmang.
  • Uy kimyoviy moddalari yana bir noqulay omil. Kimyoviy moddalar qo'llarning himoya qoplamini yo'q qiladi, bu esa suvsizlanishga olib keladi. Kir yuvish vositalari, idishlarni yuvish vositasi va hatto dush geli bizning qo'llarimizning dushmani. Shu sababli, keyingi safar umumiy tozalashdan oldin maxsus qo'lqop kiyishni unutmang.

Qo'llar parvarishi 2 - qoidasi: qo’llarga zarar yetkazadigan omillarni yo'q qilish

Qo'l terisining holatiga ob-havo sharoiti ta'sir qiladi. Shuning uchun, kuz-qish davrida unga har doimgidan ham to'g'ri parvarish kerak. Quyosh, qattiq sovuq, shamol va quruq havo qo'llarning terisiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan asosiy omillar bo'lib, ular ko'pincha quruq yaralar va pigment dog’lar paydo bo'lishiga olib keladi.

Yosh omili ham muhimdir. Bizning qo'llarimiz terisi yuzimiz terisiga qaraganda erta qarishga moyil bo'ladi. Qo'llarning terisi ancha ingichka bo'lgani uchun, vaqt o'tishi bilan epidermis (yuqori qatlam) yanada noziklashadi, shu bilan birga o'lik hujayralar soni ko'payadi, natijada ajinlar, quruqlik, pigmentatsiya paydo bo’ladi. Shuningdek, yoshi o'tishi bilan qo’ldagi faol qon tomirlar soni kamayadi, natijada qo'l terisining oziqlanishi yomonlashadi va u qariydi.

Qo’llar parvarishi uchun maslahatlar:

Qo’l terisini tozalash

Qo'l terisi alohida g'amxo'rlikka muhtoj. Avvalo, har qanday qo'llar parvarishi va boshqa muolajalar ham tozalashdan boshlanadi. Qo'l yuvish shaxsiy gigienaning muhim va ajralmas qismidir, ammo tez-tez yuvish terining quruq bo'lishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun har bir yuvishdan keyin teringizn qurimasligi uchun qo'lingizni sochiq bilan yaxshilab arting. Bundan tashqari qo’l terisini yuvish uchun, vitaminlar va yog'lardan iborat parvarishlash mahsulotlarini tanlasangiz bo’ladi - oddiy bolalar sovuni sezgir teri uchun yaxshi alternativa bo'ladi.

Qo'l terisini namlash

Namlash qo'llarning terisining yoshligi va silliqligi uchun asosiy va muhim shartlardan biridir. Buning uchun sizga turli xil kremlar yordam beradi. Yaxshi namlovchi krem tarkibida gliserin, karbamid, aloe vera ekstrakti, gialuron kislotasi va boshqalar kabi tarkibiy moddalar bo'lishi kerak. Qo'lingizni yuvgandan keyin, ertalab, yotishdan oldin va teringizni namlash zarurligini sezganingizda, mahsulotni qo'llash kerak. Barmoqlaringiz uchidan boshlab, yuqoriga qarab, namlagich kremni surting.

Qo'l terisini skrablash

Qo'llarni skrablash

Foto: manikyres.ru

Teringizni qari po'stidan tozalash, terini namlash kabi muhim ahamiyatga ega! Haftada bir yoki ikki marta o'lik hujayralarning yuqori qatlamini olib tashlash uchun qo'llarning terisini skrab yoki piling bilan tozalash kerak. Natijada, biz qo'llarning silliq, yangilangan terisini olamiz. Pilingdan so'ng, tirnoqlar va teri uchun oziqlantiruvchi krem ​​va yog' haqida unutmang.

Qo'l terisini oziqlantirish

Qo’l terisi uchun majburiy parvarish muolajasi - qo'l terisini oziqlantirishdir. Buning uchun A va E vitaminlari, zaytun va shaftoli tarkibida bo'lgan yog'li krem mos keladi. Ushbu kremni kechqurun qo'llarga shu jumladan, kutikula va tirnoqlarga qalin qatlam bilan surish kerak. Haftada bir marta oziqlantiruvchi asal-tuxum yoki asal-moy niqobini qilishni ham maslahat beramiz, shundan so'ng sizning qo'llaringiz ajoyib ko'rinishga ega bo'ladi! Ushbu muolaja nafaqat sizning qo'llaringizga g'amxo'rlik qiladi, balki quruqlikni yo'q qiladi, ajinlarni yumshatadi va yoshartiruvchi ta'sirga egadir.

Qo'l terisini himoya qilish

Yuqorida aytib o'tganimizdek, qo'llarning terisi ochiq joy, shuning uchun u atrof-muhitning salbiy ta'siriga sezgir. Shuning uchun bizning qo'llarimiz sovuqdan ham, ultrabinafsha nurlaridan ham himoyaga muhtoj. Yozda, quyosh ko'zlaringizni qamashtirganda va teringiz tezda qorayganida, silikon o'z ichiga olgan qo'l kremini ishlatishingiz kerak, oddiy quyosh nurlaridan saqlovchi spf kremlar ham yozda qo’llar terisiga mos keladi. Qishda har doim qo'lqop kiying va qo'llaringizni muzlatib qo'ymaslik uchun qo'llaringizni oziqlantiring!

manba: wfc.tv

Ulashish

Tavsiya qilinadigan dorilar

BestsellerProduct ID: 39

Pertin 30 kapsula

Faol moddalar:

Beta keratin 10mg

Biotin -6000 mkg

Fosfor- 100mg

Sink oksidi 30mg

Koenzim

Omega-3 -20mg

Sistin 30 mkg

Cobalt 30 mkg

Selen 25mkg

Vitamin B1 (Tiamin nitrat) -30mg

Vitamin B6 -  8mg

Vitamin B9 (Folik kislota) 400 mkg

Vitamin  C 30 mg

Vitamin E 28 mg

Temir sulfat 20mg

120 000 so'm