Oziqlantirish
24.04.2024, 13:57

Chaqaloqqa qanday so‘rg‘ich tanlagan ma’qul

Chaqaloqlarga so‘rg‘ich olishdan oldin quyidagi maslahatlar bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz.

Chaqaloqqa qanday so‘rg‘ich tanlagan ma’qul
Chaqaloqqa qanday so‘rg‘ich tanlagan ma’qul

So‘rg‘ichning qanday turlari mavjud?

Lateksli so‘rg‘ichlar tabiiy hisoblanib, rangi to‘q sarg‘ish bo‘ladi. Ular ko‘pincha muddatidan oldin tug‘ilgan va nozik chaqaloqlarga tavsiya etiladi. Sababi, lateksli so‘rg‘ichlar og‘iz haroratida isib yumshaydi va ona ko‘kragini eslata oladi. Lekin lateksli so‘rg‘ichlar tarkibida oqsillar mavjudligi tufayli bolada allergiyani keltirib chiqarishi mumkin.
Lateksli so‘rg‘ichlarni tanlashda yuqori sifatli taniqli brendlarga mansub bo‘lganini tanlash zarur. Sifatsiz lateks o‘zidan konseragen (salomatlik uchun o‘ta zararli) moddalarni chiqarish xususiyatiga ega.

Silikonli so‘rg‘ichlar sun’iy materialdan tayyorlanadi. Ular rangsiz bo‘ladi. Silikonli sorg‘ichning asosiy xususiyati bolada unga allergiya bo‘lmaydi, chunki silikon lateksdan farqli ravishda sun’iy moddadir. Silikonli so‘rg‘ich lateksli so‘rg‘ichdan ko‘ra uzoqroq muddatga yaroqlidir.

So‘rg‘ichni shakliga qarab farqlash:

  • Oddiy so‘rg‘ich — asosan lateksdan tayyorlangan bo‘lib, ona ko‘kragi shaklida bo‘ladi. Uning uchi kattaroq va dumaloq shaklga ega bo‘ladi.
  • Anotomik so‘rg‘ich — yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan. Uning uchi biroz ezilgan shaklga ega bo‘lib, chaqaloq tanglayiga taqalib turadi.
  • Ortopedik so‘rg‘ich — tomchi shaklini eslatadi. Bu shakldagi so‘rg‘ichlar bolaning og‘iz bo‘shlig‘ini butunlay qoplamaydi, natijada tish va jag‘ deformasiyalanmaydi.
sorgich tanlash

Chaqaloqqa so‘rg‘ich tanlash | Avitsenna.uz 

So‘rg‘ich tanlashda nimaga e’tibor berish zarur?

  • Chaqaloqning vazni;
  • Og‘iz bo‘shlig‘i kattaligi;
  • Ko‘krak suti yoki aralashmani ichishi;
  • Chaqaloq yoshi;
  • So‘rg‘ich qaysi maqsadda berilishi.
  • Har bir bola va alohida vaziyat uchun o‘ziga yarasha so‘rg‘ich talab etiladi.

So‘rg‘ichdan foydalanish davomida quyidagilarni bilish muhim:

  1. Bir so‘rg‘ichdan faqat bir bola foydalanishi kerak;
  2. So‘rg‘ich teshilgan, shakli buzilgan, rangi o‘zgargan yoki deformasiyalangan bo‘lsa, undan foydalanish mumkin emas;
  3. So‘rg‘ichni kamida 6-8 haftada almashtirib turish lozim;
  4. So‘rg‘ichni muntazam ravishda tozalab yuvib, sterilizasiya qilish talab etiladi;
  5. So‘rg‘ichni issiqlik yoki quyosh nurlari yonida qoldirish mumkin emas;
  6. Sorg‘ichni bolaning bo‘yniga ipga ilish o‘ta xavfli, bo‘g‘ilib qolish ehtimoli katta. Uning o‘rniga kiyimga qadaladigan maxsus so‘rg‘ich ilmoqlaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Xotira - doim yonib turadigan sham

Yana bir muhim tavsiya, imkon qadar so‘rg‘ichdan kamroq foydalanish ma’qul, chunki uning ijobiy ta’siridan ko‘ra salbiy ta’sirlari ko‘proq.

© Uzbaby.uz nashri.

Oziqlantirish
24.04.2024, 13:57

Ulashish

Tavsiya qilinadigan dorilar

Product ID: 33

Vitaminar Biff Baby, 10 qadoq - Plan baby

Mahsulot haqida qisqacha:

  • Ichak mikroflorasini normallashtirishda;
  • Ovqat hazm qilishini yaxshilashda;
  • Antibiotiklar qabul qilish va boshqa kimyoterapevtik davolashdan keyingi holatda;
  • O'n ikki barmoqli ichak faoliyatini tartibga solishda;
  • Bolalarda immun tizimini mustahkamlashda;
  • Meteorizm va qorin dam bo'lishida.

60 000 so'm

Product ID: 37

Vitaminlar Dora kalsin, 15 qadoq - Plan baby

Mahsulot haqida qisqacha:

  • Suyaklar va tishlar mustahkamligi uchun
  • Bolalarda kalsiy yetishmovchiligini to`ldiradi
  • Immun tizimini mustahkamlaydi
  • Osteoparozni oldini oladi va davolaydi

99 000 so'm

Product ID: 38

LAKTON Baby, 10 qadoq - Plan baby

Mahsulot haqida qisqacha:

  • Ichak mikroflorasini tiklaydi
  • Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi
  • Turli xil diareyalarda qo`llaniladi

77 000 so'm