Oziqlantirish
25.04.2024, 11:55

Yod yetishmasligi xavflimi?

Yod tanqisligi oqibatida kelib chiqadigan kasallik­larga bugun dunyoning 800 million aholisi duchor bo‘lgan, deyishmoqda mutaxassis shifokorlar. Yana bir milliarddan ortiq kishining shunday kasallikka chalinish xavfi saqlanib qolmoqda.

Jahonda aholining 1,5milliardga yaqini yodni kam iste’mol qiladi. Yod tanqisligi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar eng ko‘p uchraydigan xastaliklar qatoriga kiradi. Ushbu modda inson salomatligi uchun suv va havodek zarur mikroelement hisob­lanadi. U qalqonsimon bez tomonidan ishlab chiqariladigan gormonlarning asosini tashkil etadi. Bu gormonlar organizm­ning o‘sishi, rivojlanishi hamda tanadagi barcha a’zolarning faoliyati uchun muhimdir.

Yod yetishmasligi xavflimi?
Yod yetishmasligi xavflimi?

Yod tanqisligi qalqonsimon bez gormonlarining ishlab chiqarilishining kamayishiga olib keladi. Bu modda tana va miyaning rivojlanishini ta’minlaydi.

Organizm uchun muhim element bo‘lgan yod moddasi asosan oziq-ovqat mahsulotlari orqali qabul qilinadi. Lekin bizning tuproq va suvimizda, unda yetishtirilayotgan meva-sabzavot, don va go‘sht mahsulotlarida yod miqdori juda kam bo‘lib, insonning kundalik ehtiyojini qondira olmaydi. Uning yetarli miqdorda qabul qilinmasligi oqibatida esa yod tanqisligi holatlari yuzaga keladi.

Ushbu element tanqisligi o‘sha yoshdagi insonning o‘sish va rivojlanish jarayoniga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Shuning uchun odamning yoshi qancha kichik bo‘lsa, yod tanqisligi ham shunchalik katta xavf soladi.

Yod yetishmasligi kasallik­lari hamma uchun ma’lum bo‘lgan bo‘qoqdan tortib, jismoniy va aqliy rivojlanishdan orqada qolish va reproduktiv salomatlikning buzilishigacha bo‘lgan keng qamrovli kasalliklarni o‘z ichiga oladi.

Qalqonsimon bezning gormonlari homilaning bosh miyasini sog‘lom shakllanishi va rivojlanishiga xizmat qiladi.

Yod tanqisligi homiladorlik davrida homilaning tushishi, bolaning o‘lik tug‘ilishi va uning turli nuqsonlar bilan dunyoga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Kretinizm kasalligi homilador onada yodning juda og‘ir darajadagi surunkali yetishmovchiligining oqibati bo‘lib, bolaning pakana, jismoniy nuqsonlar va aqliy yetishmovchilik bilan tug‘ilishiga sabab bo‘ladi.

 

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Fallo tetradasi - sabablari, alomatlari, turlari va davolash

Agar kishining aqliy va jismoniy mehnat qobiliyati susaysa va u tez charchaydigan va kasalliklarga tez-tez chalinadigan bo‘lib qolsa, demak uning vujudiga yod moddasi yetishmaydi. Ko‘p hollarda odamning kayfiyati tushkun (apatiya, depressiya) holatida bo‘ladi yoki bemor uyquchan bo‘lib qoladi.

Yod tanqisligidan qanday himoyalanish mumkin?

Aholini yod bilan ta’minlashning eng samarali va iqtisodiy jihatdan qulay usuli – ovqatlanish ratsioniga yodlangan osh tuzini kiritish hisob­lanadi. 5-20 gramm yodlangan tuz (bunga xarid qilingan tayyor oziq-ovqat mahsulotlari hamda nondagi tuz miqdori ham kiradi) odamning yodga bo‘lgan bir kecha-kunduzlik ehtiyojini qondiradi.

Yodlangan tuzni muntazam ravishda iste’mol qiling. Xarid qilayotganingizda mahsulotning ishlab chiqarilgan muddatiga, uning yodlanganligiga qarang. Tuzni usti yopiq, to‘q va jigarrang tusli shisha idishlarda, qorong‘i, salqin joyda saqlash kerak.

“Sog‘lom avlod” gazetasi.

Soglom.uz nashri.

Oziqlantirish
25.04.2024, 11:55

Ulashish

Tavsiya qilinadigan dorilar

Product ID: 32

Anekalsin, 15 paket - Plan baby

Mahsulot haqida qisqacha:

  • Bolalarni sog`lom o`sishi va rivojlanishi uchun yordam beradi
  • Suyaklar va tishlarni mustahkamlaydi
  • Raxit kasalligini oldini oladi va davolaydi

80 000 so'm

Product ID: 33

Vitaminar Biff Baby, 10 qadoq - Plan baby

Mahsulot haqida qisqacha:

  • Ichak mikroflorasini normallashtirishda;
  • Ovqat hazm qilishini yaxshilashda;
  • Antibiotiklar qabul qilish va boshqa kimyoterapevtik davolashdan keyingi holatda;
  • O'n ikki barmoqli ichak faoliyatini tartibga solishda;
  • Bolalarda immun tizimini mustahkamlashda;
  • Meteorizm va qorin dam bo'lishida.

60 000 so'm

Product ID: 37

Vitaminlar Dora kalsin, 15 qadoq - Plan baby

Mahsulot haqida qisqacha:

  • Suyaklar va tishlar mustahkamligi uchun
  • Bolalarda kalsiy yetishmovchiligini to`ldiradi
  • Immun tizimini mustahkamlaydi
  • Osteoparozni oldini oladi va davolaydi

99 000 so'm

Product ID: 38

LAKTON Baby, 10 qadoq - Plan baby

Mahsulot haqida qisqacha:

  • Ichak mikroflorasini tiklaydi
  • Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi
  • Turli xil diareyalarda qo`llaniladi

77 000 so'm