Oziqlantirish
23.04.2024, 14:34

Bolalarda sil kasalligi qanday kechadi?

Bolalar sili ham kattalardagi kabi Kox tayoqchalari ta’sirida rivojlanishiga qaramay, klinik manzarasi kattalardan farq qiladi.

Bolalarda, asosan, birlamchi silning klinik alomatlari ro‘yobga chiqadi. Bola organizmidagi o‘sish jarayonida ro‘y beradigan anatomik-fiziologik o‘zgarishlar, sil kasalligining o‘ziga xos klinik manzarasiga olib keladi. Ko‘pincha, bolalar silida, bola organizmining umumiy zaharlanish belgilari lokal o‘zgarishlardan ustun turadi.

Bolalarda sil kasalligi qanday kechadi?
Bolalarda sil kasalligi qanday kechadi?

Birlamchi silning klinik manzarasiga yaqin o‘rtada kuzatilgan sil sinamasiga sezgirlik paydo bo‘lishi, albatta limfa tizimini qamrab olishi, ko‘proq bronx va seroz pardalarning patologiyada ishtiroki, organizmda o‘ta ta’sirchanlik (gipersen-sibilizatsiya) belgilari rivojlanishi natijasida butun organizmga tarqalishiga moyillik (gematogen, bronxogen, limfogen yo‘llar orqali), paraspetsifik reaksiyalar (keratokon’yuktivit, tugunli eritema, skrofuloderma), o‘pka va limfa tugunlaridagi sil jarayoni o‘zgarishida kazeoz hosil bo‘lishi va uning keyinchalik ohaklanishi (kalsinat) kabi o‘zgarishlar xos.

Ko‘pchilik bolalar va o‘smirlarda birlamchi sil Mantu sinamasi natijasi bo‘yicha topiladi, chunki bolada silga xos klinik belgilar faqat 6,7% holatda ro‘yobga chiqadi, boshqa hollarda belgilarsiz kechadi. Lekin birlamchi silning dastlabki davri klinik belgilarsiz kechishiga qaramay, immunitetning T va V tizimida ancha-muncha o‘zgarishlar kuzatiladi, bu esa, o‘z navbatida, bola organizmida sil kasalligi rivojlanishining oldini olish uchun kimyoviy profilaktika o‘tkazishni taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda, bolalardagi sil jarayoni, BSJ vaksinasi bilan emlash, qayta emlashni majburan keng qo‘llash tufayli, silning tarqalgan (milliar sil, sil meningiti, kazeoz zotiljam) turlari juda kam uchraydigan bo‘lib qoldi, ko‘proq limfa tizimi zararlanadi, xolos.

Bolalar sili diagnostikasi

Sil manzarasining o‘zgarishi (patomorfozi), bolalar sili diagnozini qiyinlashtiradi, ya’ni tomografiya, KT, zonografiya asosidagina ko‘krak ichi limfa tugunlaridagi kichik o‘zgarishlarni aniqlash mumkin. Biroq keyingi yillarda kuzatilgan sil epidemiologiyasidagi salbiy o‘zgarishlar, bolalardagi sil jarayoni asoratli kechishining klinik belgilari paydo bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Birlamchi sil asoratlariga infeksion-allergik, perifokal plevrit, bronxlar zararlanishiga bog‘liq (segment, bo‘laklarni qamragan atelektaz) o‘zgarishlar kiradi.

Umuman, bolalar sili kechishi epidemiologik holatga, bola organizmidagi fiziologik o‘zgarishlarga va nihoyat makroorga-nizmning immunbiologik xususiyatiga bog‘liq. Shu tufayli, sil diagnostikasida bolaning oiladagi sharoitlari, ota-onasida sil bor-yo‘qligi (muloqotda yashash), sil sinamasiga sezgirlik va yillar davomida uning o‘zgarishi, BSJ vaksinasi bilan emlash sifati, qo‘shimcha boshqa kasalliklarning mavjudligi, fiziologik kechish jarayoni alomatlaridagi o‘zgarishlar katta ahamiyatga ega.

Hozirgi davrda bolalar sili, ko‘pincha, sil bemorlar bilan birga yashaydigan, oilaviy sharoiti yomon va BSJ vaksinasi bilan sifatsiz emlangan, sil bilan zararlangan, surunkali kasalliklar natijasida immunologik xususiyatlari susaygan, akseleratsiya belgilari mavjud bolalarda ko‘proq rivojlanishi tasdiqlangan.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Ozishga to‘sqinlik qiluvchi o‘n mahsulot

© «Sil kasalligi»  milliy qo‘llanma.
Silning-davosi-bor.uz

Oziqlantirish
23.04.2024, 14:34

Ulashish

Tavsiya qilinadigan dorilar

Product ID: 16

Sink, Zn, 20 ta tabletka - Plan baby

Mahsulot haqida qisqacha:

  • Teri, soch va tirnoqlarni sog`lomlashtiradi
  • Immun tizimni mustahkamlaydi
  • Miya faoliyatini yaxshilaydi
  • Testosteron sintezini kuchaytiradi

17 000 so'm

33 000 so'm

Product ID: 33

Vitaminar Biff Baby, 10 qadoq - Plan baby

Mahsulot haqida qisqacha:

  • Ichak mikroflorasini normallashtirishda;
  • Ovqat hazm qilishini yaxshilashda;
  • Antibiotiklar qabul qilish va boshqa kimyoterapevtik davolashdan keyingi holatda;
  • O'n ikki barmoqli ichak faoliyatini tartibga solishda;
  • Bolalarda immun tizimini mustahkamlashda;
  • Meteorizm va qorin dam bo'lishida.

60 000 so'm

Product ID: 37

Vitaminlar Dora kalsin, 15 qadoq - Plan baby

Mahsulot haqida qisqacha:

  • Suyaklar va tishlar mustahkamligi uchun
  • Bolalarda kalsiy yetishmovchiligini to`ldiradi
  • Immun tizimini mustahkamlaydi
  • Osteoparozni oldini oladi va davolaydi

99 000 so'm