Oziqlantirish
23.04.2024, 12:00

Bolani o‘qishga qanday qiziqtirish mumkin?

Bolani o‘qishga qiziqtirishda nima uchun mukofotlar bilan rag‘batlantirish ish bermaydi, uning o‘rniga qanday yo‘l tutish kerakligini bilmoqchi bo‘lsangiz, «Layfxaker»ning quyidagi tavsiyalari siz uchun.

Bolani o‘qishga qanday qiziqtirish mumkin?
Bolani o‘qishga qanday qiziqtirish mumkin?

Ichki va tashqi motivatsiyani tanlaymiz

Ichki motivatsiya haqida kamdan-kam bosh qotiramiz. Bizning samimiy xohish-istaklarimiz, holatimizni tushuntirish uchun birgina so‘z yetarli – «istayman». Bolalar o‘zlariga yoqadigan guruhning qo‘shig‘ini bajonidil tinglashadi, o‘z qo‘llari bilan biror narsa yasashadi yoki sarguzasht romanlar o‘qishadi, chunki ularga shunday qilish yoqadi.

Tashqi motivatsiya har xil bo‘ladi – cho‘ntak pullaridan tortib, to maktabdagi baholargacha. Buni bir gap bilan izohlash mumkin: «Mana bunday qilsang, buni qo‘lga kiritasan».

Psixolog Alfi Kon «Mukofot bilan jazolash» kitobida nafaqat ota-onalarni, balki o‘qituvchilarni ham turli imtiyozlarni qo‘llashdan ogohlantiradi. Ba’zi ota-onalar farzandi yaxshi o‘qishi uchun hayvonot bog‘iga olib borishni va’da qilishadi, boshqalari qimmatbaho gadjetlarni xarid qilishadi va hatto pul ham berishadi. Muammo shundaki, bu usul ish bermaydi: o‘quvchi shunday o‘qishda davom etaveradi, boz ustiga, va’da qilingan narsaga erisha olmagani uchun yaqinlaridan xafa ham bo‘ladi!

O‘qituvchilar ko‘rinishidan olijanob usullar bilan ishtiyoqni oshirishga harakat qilishadi: turli maqomlar (oyning eng yaxshi o‘quvchisi) joriy qilishadi, yaxshi o‘qiydiganlar uchun imtiyozlar yaratishadi. Ko‘pincha shunday bo‘ladi: oyning eng yaxshi o‘quvchisi asosan bir o‘quvchi bo‘ladi, imtiyozlar esa odatda tarkibi o‘zgarmaydigan o‘quvchilar doirasiga beriladi. Qolgan o‘quvchilar esa o‘zlarini omadsizdek his qilishadi.

Nima uchun tashqi motivatsiyani oshirish ish bermaydi?

Biz «Mana bunday qilsang, buni qo‘lga kiritasan», degan paytimizda bola dastlab va’dani ishtiyoq bilan qabul qiladi. Shu bilan birga, unda o‘zini o‘zi himoyalash instinkti ham ishga tushadi.

Bola muammoni hal qilishning ijodiy usulini emas, eng ishonchli va qisqa yo‘lini izlay boshlaydi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Qanday vaziyatlarda bolani emlash mumkin emas?

U o‘ziga o‘zi savol beradi: «Tavakkal qilib, nazorat ishini o‘zim yozishimga ne hojat? Yaxshisi, a’lochilardan ko‘chirib olaman, shunisi ishonchliroq». Qarabsizki, maqsadlar o‘zgarishi ro‘y beradi: bilim olish uchun o‘qish emas, mukofot olish uchun o‘qish.

 

Tashqi motivatsiya zo‘r ishlashi mumkin, faqat ichkisi bilan birga. U o‘z-o‘zidan oldinga harakatlanmaydi, shunchaki «ishni uddalash», tezroq xohlagan narsasiga erishishga majbur qiladi.

O‘qishga bo‘lgan qiziqishga nima ta’sir qiladi?

Kon motivatsiyaga ta’sir ko‘rsatuvchi uch omilni ajratadi:

1. Kichik yoshdagi bolalar o‘qishga tayyor va ular buning uchun hech narsa talab qilishmaydi. Ularda ichki motivatsiya kuchli rivojlangan bo‘ladi: ular o‘zlariga qiziq bo‘lgani uchun ham o‘qib o‘rganishadi.

2. Ichki motivatsiyani saqlab qola olgan bolalar samarali o‘qishadi. Qolganlarni esa uddalay olmaydi deb hisoblashadi, biroq bunday emas. Ba’zi maktab o‘quvchilari faqat past baho olishsa-da, boshqa sohalarda o‘zlarini ijobiy namoyon etishadi. Masalan, sevimli xonandasining o‘nlab qo‘shiqlarini yoddan bilishadi (matematikada esa ko‘paytirish jadvalini eslay olishmaydi). Yoki fantastikani berilib o‘qishadi (klassikaga esa qo‘l tekkzishmaydi). Ularga shu qiziq. Ichki motivatsiyaning mohiyati ham shundadir.

3. Imtiyozlar ichki motivatsiyani yo‘qqa chiqaradi

Psixologlar Kerol Eyms va Kerol Duek ota-onalar hamda o‘qituvchilar qandaydir imtiyozga urg‘u berishganda bolalarning qiziqishi darhol so‘nishini aniqlashdi.

Nimadan boshlash kerak?

O‘qishga motivatsiyani qaytarish — uzoq jarayon va buning muvaffaqiyati asosan ota-onaga bog‘liq. Kattalar eng avvalo uch narsa haqida bosh qotirishlari kerak: mazmun, hamkorlik va tanlov erkinligi.

1. Mazmun. Bola talabimizni bajarmaganida biz uning xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsatish usullarini qidiramiz. Yaxshisi, talabingiz qanchalik to‘g‘ri ekani haqida o‘ylab ko‘ring. Farzandingiz fizikadan faqat «4» va «5» olmasa, buning hech qanday qo‘rqinchli joyi yo‘q. Bolalar «shovqin qilmaslik» borasidagi talabimizni «quloqsiz» ekanliklari uchun emas, o‘z yoshlarining psixologik xususiyatlari sababli  rad etishadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Pakanalik sabablari

2. Hamkorlik. Afsuski, bola bilan muloqot qilish kontekstida bu so‘z ko‘p ota-onalar uchun notanish. Biroq farzandlaringiz qancha katta bo‘lganlari sari, ularni shuncha ko‘p hamkorlikka jalb qilishingiz kerak. Muhokama qilish, tushuntirish berish, birga rejalar tuzish kerak. Bola bilan katta odamdek suhbatlashishga harakat qilib ko‘ring. 15 yoshli bolaning kosmonavt bo‘lish orzusiga bee’tibor bo‘lish kerak emas. Nima uchun buning ilojsiz ekanini xotirjam o‘tirib tushuntiring. Ehtimol, o‘g‘lingiz sizning so‘zlaringiz orasidan o‘sish uchun ichki motivatsiya topa olar.

3. Tanlov erkinligi. Bola o‘zini jarayonning bir bo‘lagidek his qilishi kerak, shunda u muammo yechimini topishga mas’uliyat bilan yondashadi. Farzandingiz o‘zini yomon tuta boshlasa, undan buning sabablarini so‘rang. Siz «shundoq ham gap nimadaligini bilaman» deyishingiz mumkin, shunday bo‘lsa-da, urinib ko‘ring. Ehtimol, uning javobi sizni ajablantirar.

Ichki motivatsiyani izlaymiz

Bolaning ichki holatini to‘g‘irlash oson emas, shunga qaramay, bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar o‘z mevasini berishi mumkin.

1. Farzandingizni qabul qilishni o‘rganing. Masalan, qizingizning yangi imdji sizga yoqmasligi mumkin, lekin siz uni qabul qilishingiz kerak. Boshqacha aytganda, gap erkalatish emas, tushunish haqida bormoqda.

2. Samimiy suhbatlashing. Agar farzandingiz bilan qalban yetarlicha yaqin bo‘lsangiz, dastlab u bilan shunchaki  suhbatlashing. Uning nimalarga qiziqishi hamda o‘qishda qanday muammolar yuzaga kelayotgani haqida so‘rang. Vaziyatdan chiqish yo‘lini birga toping.

3. Bolaga hayotdagi maqsadi borasida bir to‘xtamga kelishga yordam bering. Ko‘pincha ichki motivatsiya bo‘lmaydi, chunki bola bu formulalar, oxiri yo‘q qoidalar va teoremalarning nima uchun kerakligini tushunmaydi. Farzandingiz maktabni tugatganidan keyin nima bilan shug‘ullanishi istashi borasida bir to‘xtamga kelishi muhim. Buni tushunishga ota-ona bilan uzoq suhbatlar, professional yo‘nalish bo‘yicha maslahatlar va o‘smirlar uchun kitoblar yordam beradi.

4. O‘quv jarayonini bolaning qiziqishlari ustiga quring. O‘qishda bolaning samimiy qiziqishlari (ichki motivatsiyasi)ni maktabdagi darslar bilan  birlashtirishga harakat qilish kerak. Bu jarayon individual va ota-onalar tomonidan katta e’tibor talab qiladi. Masalan, ingliz tilini sevimli filmingiz yordamida o‘rganishingiz mumkin. Kompьyuter o‘yinlarini juda yaxshi ko‘ruvchi o‘smirni esa dasturlash va u bilan bog‘liq bilimlar qiziqtirishi kerak.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Chaqaloqlarda yo'rgak dermatiti yoki atopik dermatit sabablari va davolash

Boladan ichki motivatsiyani tortib chiqarish — eng muhim vazifalardan biri. Zukko, dono, farzandining hayotiga samimiy qiziqadigan ota-ona uchun esa bu muammo emas.

Uhbu maqolani ham o‘qing: Indigo bolalar! Ular kim?

© Lifehacker.ru / Kun.uz

Oziqlantirish
23.04.2024, 12:00

Ulashish

Tavsiya qilinadigan dorilar

Product ID: 11

Super magniy B6, Magne B6, 50 tabletka - Plan Baby

Mahsulot haqida qisqacha:

  • Xotira va diqqatni yaxshilaydi
  • Aqliy va jismoniy zo`riqishlardan xalos qiladi
  • Xushchaqchaqlik baxsh etadi
  • Spazmofiliyada mushaklarda tonusni kamaytiradi
  • Homiladorlikda: Homilaning to‘qimalari to`g`ri shakllanishi va asab tizimlari rivojlanishi uchun
  • Stressga qarshi – Antistress modda
  • Yurak va qon tomir kasalliklarini davolashda
  • Asab tizimidagi muvozanatni tartibga soladi

29 000 so'm

59 000 so'm

Product ID: 14

Super kalsiy, Kalsiy D3, CaD3, 50 tabletka - Plan baby

Mahsulot haqida qisqacha:

  • Suyak to`qimasini mustahkamlaydi
  • Qon ivishini normallashtiradi
  • Raxit va osteoporozni oldini oladi va davolaydi
  • Soch va tirnoq sog`lomligini ta`minlaydi

20 000 so'm

49 000 so'm

Product ID: 33

Vitaminar Biff Baby, 10 qadoq - Plan baby

Mahsulot haqida qisqacha:

  • Ichak mikroflorasini normallashtirishda;
  • Ovqat hazm qilishini yaxshilashda;
  • Antibiotiklar qabul qilish va boshqa kimyoterapevtik davolashdan keyingi holatda;
  • O'n ikki barmoqli ichak faoliyatini tartibga solishda;
  • Bolalarda immun tizimini mustahkamlashda;
  • Meteorizm va qorin dam bo'lishida.

60 000 so'm

Product ID: 34

Probiyotik BIFF immuno, 10 kapsula - Plan baby

Mahsulot haqida qisqacha:

  • Preparatni qo'llash qulayligi
  • Zamonaviy qadoqlash dizayni
  • Preparatning moddalari Rossiyadan etkazib beriladi
  • Preparatda S vitamini va sink borligi

60 000 so'm

Product ID: 37

Vitaminlar Dora kalsin, 15 qadoq - Plan baby

Mahsulot haqida qisqacha:

  • Suyaklar va tishlar mustahkamligi uchun
  • Bolalarda kalsiy yetishmovchiligini to`ldiradi
  • Immun tizimini mustahkamlaydi
  • Osteoparozni oldini oladi va davolaydi

99 000 so'm

Product ID: 12

Parazitlarga qarshi vosita Vortex, 30 kapsula-Plan baby

Mahsulot haqida qisqacha:

  • Gijja va parazitlar davosi, hamda profilaktikasi uchun
  • Ichaklardagi yallig'lanishlarni davolaydi
  • Qorinda og`riq va qabziyatni bartaraf etadi


    Foydalanish uchun ko'rsatmalar:

Enterobioz

Askaridoz

Giardiaz

Gelmintlar va ichak parazitlariga qarshi profilaktika

 

Qo'llash usuli va davolash tartibi:

Vortex kapsula ovqatdan 30 daqiqa oldin suv bilan qabul qilinadi.

 

6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lganlarga kuniga 1ta kapsuladan 3 mahal;

 

Kattalar va 12 yoshdan oshganlarga kuniga 1-2 kapsuladan 3 mahal;

 

Davolanish davomiyligi 10 kun va 1 hafta tanaffus, yana 10 kun yoki shifokor tavsiyasiga ko'ra belgilanadi

 

Nojo'ya ta'siri:

Kamdan kam hollarda preparatning individual komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

 

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar.

Homilador va laktatsiya davridagi bemorlar, oshqozon yarasi, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi bo'lgan bemorlar, allergiyaga moyil bo'lgan bemorlar.

 

Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:

Avtomobil haydash yoki boshqa mexanizmlardan foydalanish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.

Qora andiz - 110 mg

Sano bargi - 110 mg

Oddiy dastarbosh - 110 mg

Qovoq urug'i - 20 mg

 

200 000 so'm