Oziqlantirish
23.04.2024, 11:48

Farzandingizni maktab kasalliklaridan asrang!

Oʻquvchi qizim maktabdan keliboq qorin ogʻrigʻidan shikoyat qiladi. Qaynonam “hamma narsani aralashtirib yeyavergan boʻlsang kerak-da”, deganicha uni koyiydi. Bola emasmi, maktabda faqatgina chips yeganini va oʻsha chips qurgʻur ham “uyniki” ekanini aytib “maqtanadi”. Haqiqatan ham maktab boshlandi deguncha bolalarda oʻquvchilarga xos kasalliklar ham sekin-asta oʻz rivojlanishini boshlab yuboradi. “Bolani bu kasalliklardan omon saqlash uchun ularning oldini olish tadbirlarini kanda qilmaslik lozim”, deydi oliy toifali bolalar shifokori Muhabbat Nasivaliyeva «Sugʻdiyona» gazetasi muxbiri bilan boʻlgan suhbatda.

Farzandingizni maktab kasalliklaridan asrang!
Farzandingizni maktab kasalliklaridan asrang!

Asosiy muammolar

  • Uzoqni koʻra olmaslik;
  • Skolioz (umurtqa pogʻonasining qiyshayishi);
  • Gastrit;
  • Ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga koʻra, har besh bolaning biri umurtqa pogʻonasi muammolaridan qiynalsa, har uchtadan bittasini oshqozoni bezovta qiladi.

Ilk xavf

Oʻquv yili ayniqsa birinchi sinf oʻquvchilar uchun qiyin kechadi. Yangi kun tartibi, darslar, tanish boʻlmagan sharoit tufayli bolaning ruhiy holatida oʻzgarishlar kuzatiladi. Bu esa oʻz navbatida asab tizimiga ham taʼsir qilib, oshqozon‑ichak, ogʻiz‑quloq‑burun tizimi surunkali kasalliklarining paydo boʻlishiga olib keladi. Shuningdek, gavda holati va koʻrish qobiliyatida ham oʻzgarishlar roʻy beradi.

Oʻquvchilar gastriti

Surunkali gastrit kasalligiga koʻpgina oʻquvchilar chalinishi mumkin. Bola oʻqituvchi bilan til topisha olmasligi, sinfdoshlari bilan tortishib qolishi, yomon baho olishi kabi holatlarda asabiylashadi. Bu esa oshqozon-ichak tizimida turli buzilishlarga olib keladi. Turli “fast-fud” yoki qovurilgan taomlar bilan ovqatlanish, irsiy moyillik natijasida kasallik yanada zoʻrayadi.

Ota‑onada surunkali gastrit boʻlsa, bolada ham bu kasallikka chalinish xavfi ortadi. Bolaning surunkali infeksiyalar — tish kariyesi, bodomsimon bezlar yalligʻlanishi, gaymorit kabi xastaliklarga chalinishi esa kasallikning yanada jiddiy tus olishiga sabab boʻladi.

Gastrit alomatlari

Gastrit alomatlari har doim ham koʻzga tashlanavermaydi. Gastritga chalinganda bolada quyidagi alomatlar kuzatiladi:

  • rangi oʻzgaradi;
  • ishtahasi yoʻqoladi;
  • tez toliqadi;
  • jigʻildoni qaynab, koʻp kekiradi;
  • koʻkrak chuqurchasida noxushlik sezib, qorni dam boʻladi;
  • koʻngli ayniydi;
  • qabziyat (ich qotishi)dan qiynaladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasi

Kasallik qoʻzgʻalganda esa bu alomatlar kuchayadi.

Tavsiya: bolani ertalab nonushta qilishga oʻrgating. Unga foydali (grechka, guruchli) boʻtqa tayyorlab berishdan erinmang. Bolaning portfelida doim qaynatib sovutilgan suv boʻlsin. Tanaffus paytida yeyishi uchun ham biror yegulik bering. Yegulik quruq pechenye yoki shokoladdan iborat boʻlmasin. Oʻquvchi farzandingizga olma yoki yogurt, pishloqli non, hech boʻlmaganda quritilgan meva berib yuboring.

Umurtqa pogʻonasi qiyshayishi (skolioz)

1-sinf oʻquvchilarining har uchtadan birida skolioz alomatlarini (yelka va qomati bukchaygan, boshi egilgan boʻladi, oyogʻini sudrab yuradi) koʻrish mumkin. Vaqt oʻtishi bilan bu muammo chuqurlashib boraveradi. Eng avvalo bolaga qomatini toʻgʻri tutishni oʻrgating: devorga suyanganda uning gardani, yelkalari, kurak suyagi, dumbasi va tovoni devorga tegib turishi kerak. Buning uchun koʻkrak kerish, boshni baland tutish talab etiladi. Bunday holatda turish albatta chiroyli, ammo bola shu tarzda yurishga ham oʻrganishi lozim. Mushaklar oʻrganmagani uchun bu avvaliga biroz qiyin kechishi mumkin, ammo farzandingizning umurtqa pogʻonasi haqida qaygʻursangiz, bolaga shunday yurishni oʻrgating. Aks holda, umurtqa pogʻonasida qiyshayish yuzaga keladi, ichki aʼzolarida oʻzgarish sodir boʻlib, eziladi. Bu esa koʻpgina kasalliklarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun koʻkrak qafasining orqa mushaklarini mustahkamlash lozim. Bu ayniqsa umurtqa pogʻonasi oʻsib borayotgan bolalar uchun muhim. Skolioz kasalligiga chalingan yoki moyilligi bor bolalarga suzish mashqlari tavsiya etiladi. Shuningdek, oʻquvchi bolaning suyaklari salomatligi uchun turli jismoniy mashqlar (ertalabki gimnastika) bilan shugʻullanish foydali.

 

Tavsiya: farzandingizning portfeliga ahamiyat bering. Uni iloji boricha yengillating. Bolaning maktab sumkasi ryukzak shaklida boʻlgani yaxshi. Dars tayyorlayotganida stuldan oyoqlari osilib turmasligi, suyanchigʻiga suyanib, tirsaklarini erkin ravishda stolga qoʻya olishi lozim. Shuningdek, bolaning taomnomasida kalsiyga boy (tvorog, pishloq) mahsulotlar boʻlishi zarur.

Kichkintoyning koʻzlarini asrang!

Maktab davri boshlangan ilk kezlarda oʻquvchi bolaning koʻzlari ancha toliqadi. Oʻqish, yozish kabi mashqlarning barchasi yaqin masofadan amalga oshiriladi. Shu sababdan miya koʻzlarga tushayotgan ogʻirlikni yengillatish uchun yaqindan koʻrishni osonlashtirib qoʻyadi. Natijada bola uzoqni yaxshi koʻra olmaydi. Bola maktabdan uyga qaytishi bilan televizor yoki kompyuter ekraniga tikilishi ham koʻzlar salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Tez-tez kasallanadigan bolalar uzoqni koʻra olmaslik dardiga koʻproq uchraydi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Bolalarda gipertermik sindrom - sabablari, belgilari, tashxislash va davolash asoslari

Tavsiya: har kuni bolaga koʻz oʻtkirligi uchun mashq qilishni odat qildiring. Buning uchun oʻng va chap koʻz yordamida navbatma-navbat kitob oʻqish lozim. Kitobni jajji oʻquvchining qarshisiga tik holatda qoʻying. Bola harflarni bemalol koʻra oladigan 35 sm. uzoqlikda oʻtirsin. Oʻng koʻzini yopib, ikkinchi koʻzi bilan 10-15 daqiqa kitob oʻqiting. Soʻng chap koʻzi bilan ham xuddi shunday oʻqisin. Bunda koʻz mushaklari mustahkamlanadi, koʻrish oʻtkirlashadi. Shuningdek, bola tanaffus paytida, uyqu oldidan koʻzlarini yumib, koʻz soqqasini aylantirishi, harf yoki sonlarni “yozishi” mumkin. Bu ham koʻz mushaklarini baquvvatlashtiradi, qon aylanishini yaxshilaydi.

Bola kuniga 15 daqiqadan ortiq televizor koʻrmasligi, monitorga tikilib oʻtirmasligi kerak. Taomnomasida vitamin va antioksidantlarga boy mahsulotlar: yongʻoqlar, oʻsimlik yogʻlari, askorbin kislotali mevalar boʻlishi lozim.

Asabiylik

Bola injiq va asabiy boʻlib qolishining sababi tarbiyada yoʻl qoʻyilgan xatolar yoki kichkintoy tabiatidagi nuqsonlarga bogʻliq, deb hisoblanadi. Ammo bu har doim ham toʻgʻri boʻlib chiqavermaydi. Baʼzi hollarda bu bolaning ortiqcha charchayotgani, maktabdagi ruhiy siqilish daragi boʻlishi ham mumkin. Shuning uchun ota-ona oʻz farzandiga eʼtiborli boʻlishi, bola oʻzini qiynayotgan muammolar haqida ularga ayta bilishi lozim. Bolaning dars tayyorlashi va baholari bilangina emas, maktab hayoti haqida ham qiziqib koʻring.

Maktab nevrozlarining asosiy sabablari: ortiqcha toliqish, uyquga toʻymaslik, juda koʻp shugʻullanish, qoʻshimcha toʻgarak yoki darslarga qatnashi… Albatta, bolaning maktabda oʻqishi muhim, ammo bu salomatligiga zarar qilmaydigan tarzda amalga oshirilishi lozim.

Garri Potter sindromi

  • 1-sinfga borgan bolada oʻquv yili soʻngiga kelib, uzoqni koʻra olmaslik — miopiya kasalligi vujudga kelishi mumkin. Shuningdek, uzzukun kompyuterga tikilish, televizor koʻrish ham bu kasallikni keltirib chiqaradi.
  • Bu koʻz kasalligiga chalinishning yana bir xavfli davri — 11 yosh. Bolada oʻsmirlik davri boshlanadi, organizm faol ravishda oʻsa boshlaydi, tez charchaydi, darslar ogʻirlashib boradi. Natijada butun organizm, jumladan, koʻzlar ham stress holatiga tushadi.
  • Afsuski, miopiya kasalligidan butunlay qutulib boʻlmaydi. Tish va bodomsimon bez kasalliklari, immunitet pasayib ketishi miopiyaning rivojlanishiga olib keladi.
  • Bu kasallikka chalingan bolalarning koʻrish qobiliyatini 18 yoshdan soʻng jarrohlik yoʻli bilan toʻgʻirlash mumkin.
  • Bolalardagi koʻrish qobiliyatini koʻzoynak yoki linzalar yordamida saqlab turish kerak. Albatta maktab yoshidagi bolalar uchun linzaga nisbatan koʻzoynak taqish xavfsiz. Soʻnggi paytlarda bolalarning sevimli qahramoniga aylangan Garri Potter ham koʻzoynak taqqani sabab bolalar avvalgiday koʻzoynak taqishdan uyalmaydigan boʻlgan.
  • Tadqiqotlar natijasida kechki linzalar kashf qilingan. Bu linzalar miopiya rivojini sekinlashtiradi. Shuningdek, bola kompyuterda oʻtirganda maxsus nurfiltrli (antiblik) koʻzoynak taqishi, doimiy sport bilan (ogʻir atletika, boksdan tashqari) shugʻullanishi zarur. Bolani yilda bir marta mutaxassis shifokorga koʻrsating. Koʻzlarga dam berib, yuqorida koʻrsatilgan mashqlarni bajarishni kanda qilmang.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Ortopedik poyabzallar yassioyoqlikni davolashga yordam beradimi?

© Muhabbat Nasivaliyeva, pediatr.
«Sugʻdiyona» gazetasi.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Oziqlantirish
23.04.2024, 11:48

Ulashish

Tavsiya qilinadigan dorilar

Product ID: 37

Vitaminlar Dora kalsin, 15 qadoq - Plan baby

Mahsulot haqida qisqacha:

  • Suyaklar va tishlar mustahkamligi uchun
  • Bolalarda kalsiy yetishmovchiligini to`ldiradi
  • Immun tizimini mustahkamlaydi
  • Osteoparozni oldini oladi va davolaydi

99 000 so'm

Product ID: 12

Parazitlarga qarshi vosita Vortex, 30 kapsula-Plan baby

Mahsulot haqida qisqacha:

  • Gijja va parazitlar davosi, hamda profilaktikasi uchun
  • Ichaklardagi yallig'lanishlarni davolaydi
  • Qorinda og`riq va qabziyatni bartaraf etadi


    Foydalanish uchun ko'rsatmalar:

Enterobioz

Askaridoz

Giardiaz

Gelmintlar va ichak parazitlariga qarshi profilaktika

 

Qo'llash usuli va davolash tartibi:

Vortex kapsula ovqatdan 30 daqiqa oldin suv bilan qabul qilinadi.

 

6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lganlarga kuniga 1ta kapsuladan 3 mahal;

 

Kattalar va 12 yoshdan oshganlarga kuniga 1-2 kapsuladan 3 mahal;

 

Davolanish davomiyligi 10 kun va 1 hafta tanaffus, yana 10 kun yoki shifokor tavsiyasiga ko'ra belgilanadi

 

Nojo'ya ta'siri:

Kamdan kam hollarda preparatning individual komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

 

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar.

Homilador va laktatsiya davridagi bemorlar, oshqozon yarasi, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi bo'lgan bemorlar, allergiyaga moyil bo'lgan bemorlar.

 

Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:

Avtomobil haydash yoki boshqa mexanizmlardan foydalanish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.

Qora andiz - 110 mg

Sano bargi - 110 mg

Oddiy dastarbosh - 110 mg

Qovoq urug'i - 20 mg

 

200 000 so'm