Homiladorlik
19.04.2024, 10:47

Homiladorlikning 22-haftasi

Homiladorlikning 22-haftasi – kichkintoyning organizmi borgan sayin takomiliga yetib boradi. Bolakay onasiga chambarchas bog‘langan, shu jumladan emotsional jihatdan ham. Sizning barcha his-hayajonlaringiz bolaga o‘tadi.

Siz uchun uzoq vaqt tik turish, o‘tirish, bir xildagi yumush bilan shug‘ullanish og‘irlik qilayotgan bo‘lsa ehtimoldan xoli emas. Homiladorlikning keyingi kechishi va kichkintoy o‘zini qanday his qilishi bo‘lg‘usi onaning qanchalik o‘z parvarishi bilan shug‘ullanishi va o‘z organizmiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishiga bog‘liq.

Homiladorlikning 22-haftasi
Homiladorlikning 22-haftasi

Homiladorlikning 22-haftasida nimalar yuz beradi

Intizom – risoladagi bo‘lg‘usi onaning yaxshi sifatlaridan asosiysi. Uxlaganda iloji boricha faqat chap yonboshda yotasiz, o‘tirganda stul yoki divan suyanchig‘iga suyangan holda qulay o‘tirasiz, oyoqni oyoq ustiga tashlab o‘tirmaysiz. Esingizdan chiqmasin, hozir har bir harakatingiz ikki kishi – siz va kichkintoyning farovonligi uchun xizmat qiladi.

Vaqtni behuda o‘tkazmang: kuchingiz hozir yetib turgan ishni uchinchi trimestrda amalga oshirishingiz amrimahol bo‘lib qoladi. Ko‘proq sayr qiling, muzey va ko‘rgazmalarga boring, tabiat qo‘yniga chiqing. Hozir bunga imkoniyat bor ekan, albatta foydalanib qoling. Chunki vazningiz tobora og‘irlashib boradi, qorin muttasil o‘sadi, bel va oyoqlarga tushadigan yuk og‘irlashib boraveradi.

Ko‘p ayollar uchun endi bandaj kiyish vaqti kelgan bo‘ladi, u belga tushayotgan yukni biroz yengillashtiradi. Bandajni tanlashdan oldin albatta doktor bilan maslahatlashing. Zarurat bo‘lganda homiladorlar uchun mo‘ljallangan gimnastikaga qatnashni boshlang, bu sog‘lig‘ingizni bir maromda ushlab turishga yordam beradi va ortiqcha vazn organizmga “hujum” qilishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Homiladorlikning 22-haftasida homilaning ahvoli

Sizning kichkintoyingiz kuniga ikki yuz martagacha harakatlar bajaradi, albatta bularning hammasini siz eshitmaysiz. Lekin bolakay sizga sezilarli darajada ko‘p harakat qilayotgan bo‘lsa, ehtimol unga kislorod yetishmayotgan bo‘lishi mumkin. Balki siz kam sayr qilayotgandirsiz. Homilaning bunday harakatidan doktorni xabardor qiling, u kichkintoyning bunday serharakatligining sababini aniqlaydi.

Homiladorlikning 22-haftasi – kichkintoy uchun faol taktil anglashlar davri hisoblanadi. U o‘z yuzini silashi, qo‘llari bilan ushlaydigan harakatlar qilishi, bachadon devorini do‘pillatishi mumkin. Bolakay shunchaki barmoqchalarini so‘rishni yaxshi ko‘radi. Homiladorlikning 22-haftasida qimirlashlar aniq-tiniq seziladi. Hozir bola uxlayaptimi yoki uyg‘oqmi – oson aniqlash mumkin. Kichkintoy – endi shakllanib bovlgan kichkina odamcha bo‘lib qolgan, u yorug‘likni qorong‘ilikdan, onaning o‘zgarib turuvchi kayfiyatini va ohangdor musiqani osonlikcha ajrata oladi. Bolaning g‘imirlashlari va turtinishlariga albatta quloq solish lozim: u sizga noto‘g‘ri o‘tirganingiz, yotganingiz yoki juda baland ovozda gaplashayotganingizdan “xabar” berishi mumkin.

Emotsional jihat: o‘ng‘aysizliklarni haydang

Ko‘pgina onalar ushbu muddatdayoq ularning qadam tashlashi o‘zgarib qolganligini, chaqqon emasliklarini, biroz beso‘naqaylashib qolganliklarini sezadilar. Agar kimdir bunday o‘zgarishlarga bamaylixotir munosabatda bo‘lsa, kimlardir o‘zida o‘ng‘aysizlik sezadi. Bu paytda albatta yaqinlarning qo‘llab-quvvatlab turishi ahamiyatga ega bo‘ladi. Lekin hamma narsani ularning zimmasiga yuklamang, yuz berayotgan o‘zgarishlarga nisbatan o‘zingizni munosib tuting.

Yangi-yangi kiyimlar bilan o‘zingizni xursand qiling, sochingiz turmaklarini har xil qilib ko‘ring, ko‘proq hordiq chiqaring. Ehtimol bu hayotingizdagi eng go‘zal va ajoyib davrdir, uni munosib tarzda o‘tkazish kerak.

Homiladorlik
19.04.2024, 10:47

Ulashish

Tavsiya qilinadigan dorilar

BestsellerProduct ID: 9

Mammolin forte, 90ta kapsula - Plan baby

  • Оrganizmni yetishmagan zarur vitamin va minerallar o’rnini to’ldirish;
  • Аyol organizmini homiladorlikka tayyorlashda;
  • Tuxum hujayralarni yetiltirish va aktivligini oshirishda;
  • Homiladorlik vaqtida embrion va ona uchun zarur bo’lgan vitamin minerallarga bo’lgan ehtiyojini qondirishda.

560 000 so'm

700 000 so'm