Oziqlantirish
25.04.2024, 11:53

Muddatidan oldin tug‘ilgan bola parvarishi

– Muddatidan avvalroq dunyoga kelgan bolalar kuchsiz, nimjon yoki kasalmand bo‘lishsa, ularning parvarishi qanday bo‘ladi? Bizning viloyatimizda chala tug‘ilgan bolalar saqlanadigan va parvarish qilinadigan maxsus shifoxona bormi? Bunday chaqaloqlarni uy sharoitiga olish uchun qancha muddat belgilangan?


 

Muddatidan oldin tug‘ilgan bola parvarishi
Muddatidan oldin tug‘ilgan bola parvarishi

– Albatta bor. Shunday bo‘lim Sirdaryo viloyati bolalar ko‘ptarmoqli tibbiyot markazida mavjud. Bu bo‘lim aynan muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlar uchun moslashtirilgan bo‘lib, unda reanimatsiya muhiti shakllantirilgan. Bu bo‘lim chaqaloqlar reanimatsiyasi uchun zarur bo‘ladigan eng zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan to‘la jihozlangan bo‘lib, unda reanimatolog shifokor, malakali hamshiralar ishlashadi. Misol tariqasida oladigan bo‘lsak, bu bo‘limda o‘rta hisobda oyiga 10-12 nafar reanimatsiyaga muhtoj va muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlar parvarish qilinib, uy sharoitida yashashi uchun moslashtirilmoqda. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, onalik va bolalikka bo‘lgan kuchli e’tibor sababli har qanday chaqaloq, jumladan muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlar ham umrining dastlabki soniyasidan e’tiboran shifokor nazorati ostida bo‘ladi, zarur hollarda bizning bo‘limimizga keltiriladi.

Ayrim homilador ayollar chaqaloqni muddatidan avval dunyoga kelishi bir necha darajalarga bo‘linishidan bexabar. Holbuki, muddatidan oldin tug‘ilgan bolalarning 4 darajasi mavjud:

1-daraja: 35-37 hafta oralig‘ida tug‘ilgan – vazni 2100-2500 gr;

2-daraja: 32-34 hafta oralig‘ida tug‘ilgan – vazni 1501-2000 gr;

3-daraja: 29-31 hafta oralig‘ida tug‘ilgan – vazni 1001-1500 gr;

4-daraja: 29 haftadan oldinroq tug‘ilgan – vazni 1000 gr dan kam.

 

Ma’lumki, bolaning ona qornida rivojlanish davri 38-40 hafta davom etadi. Homila tashqi muhit ta’siridan onaning organizmida himoyalanadi va ona organizmi orqali hayot uchun muhim bo‘lgan ozuqa oladi va to‘liq rivojlanadi. Bola homiladorlikning oxiriga kelib tug‘iladi.

Biroq amaliyotda, yuqoridagi darajali muddatidan oldin tug‘iladigan chaqaloqlar uchrab turibdi. Darajasiga qarab, ularning parvarishi qisqa yoki uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Demak, chaqaloqlarni uy sharoitida parvarishlanishlari uchun javob berishning aniq belgilangan muddati yo‘q. Bola muddatidan oldin tug‘ilib qolsa, u shifoxonada maxsus nazorat ostiga olinadi. Masalan, o‘ttiz besh haftadan keyin tug‘ilgan bolalar, odatda, tez vazn oshirib muddatida tug‘ilgan tengdoshlariga yetib oladilar. Bunday chaqaloqlarda patologik kasalliklar mavjud bo‘lmasa, 1-2 hafta ichida uyga ruxsat beriladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Agar bola yaqinlarini ursa...

Vazni 1500 grdan oshgan bolalarning o‘pkasi tashqi muhitda faoliyat ko‘rsatishga tayyor bo‘lmagani tufayli ular boshida maxsus nafas olish apparatiga bog‘langan bo‘ladilar va bunday bolalarda issiqlik termoregulyatsiyasi rivojlanmaganligi tufayli, ular harorati tashqi muhitdan ko‘ra issiqroq bo‘lgan maxsus plastik yotoq (kuvez) ichida yotadilar. Chala tug‘ilganlik darajasi 2 bo‘lgan bunday chaqaloqlarga uyga ruxsat berilishi uchun bolalarning vazni kamida 2500 gr ni tashkil qilishi shart. Uchinchi darajada chala tug‘ilgan bolalarga bo‘lgan e’tibor yanada kuchli bo‘ladi. Chunki bu bolalarning o‘pkadan tashqari boshqa a’zolari ham juda zaif bo‘ladi. Ularning yurak urishi va qon bosimi maxsus tibbiyot uskunalari yordamida doimiy ravishda kuzatilib turiladi. Bundan tashqari, chala tug‘ilgan bolalar qonida eritrotsitlar (qon yaratuvchi moddalar) soni kamligi va ularning tez nobud bo‘lish xavfi yuqoriligi tufayli bu bolalarga qon quyish talab etilishi mumkin.

Vazni 1000 gr dan kam bo‘lgan bolalarni yashab ketishi uchun shifoxonada ularni jiddiy nazorat ostida saqlaymiz. Bu bolalarning organlari juda zaif bo‘lgani uchun ularga chala tug‘ilgan bolalar orasida eng katta ahamiyat talab etiladi. Hayotining har bir kuni bunday toifadagi bolalarda katta bir yutuq. Ularni yashab ketishi uchun shifoxonada barcha anjom va dori vositalari mavjud. Bu bolalar hayotining birinchi 6 haftasi juda og‘ir bo‘ladi. Shu oraliqda bolaning ayrim organlari ishdan chiqishi yoki oshqozon ichak tizimi, qon aylanish tizimi pand berib qo‘yishi mumkin. Shunda vaqtida amalga oshirilgan muolajalar bolaning hayotini asrab qoladi.

Chala tug‘ilgan bolalarning immuniteti umuman rivojlanmaganligi tufayli ularni infeksiyadan jiddiy asrash lozim. Chala tug‘ilganlik darajasi 1 va 2 bo‘lgan bolalarni ko‘krak suti bilan ovqatlantirish juda foydali. Ayrim hollarda 3-4 darajada tug‘ilgan bolalarga ham oz-ozdan ko‘krak suti (maxsus shpris orqali) beriladi.

Dunyo olimlarining tadqiqotlari ko‘rsatishicha, chala tug‘ilgan bolalarni yashab ketishida quyidagilar juda katta ahamiyat kasb etadi:

  1. Onaning ovozi. Kun mobaynida ona barvaqt tug‘ilgan bolasini yonida unga qo‘shiq aytib, alla aytib, u bilan suhbatlashmog‘i lozim.
  2. O‘yinchoqlar. Chala tug‘ilgan bolalarning ko‘zi deyarli ochilmaydi. Shunga qaramasdan bola atrofida rang-barang qiziqarli o‘yinchoqlar mavjudligi uning salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.
  3. Bolani «kenguru» qilib ko‘tarish. Ya’ni bola tanasi onaning badani bilan birga bo‘lishi juda muhim. Bolani shifokor nazorati ostida kuvezdan olib onaning ko‘kraklari orasiga joylashtirib yotish lozim. Shu harakat orqali, birinchidan, bolaning terisi ona terisi bilan kontaktda bo‘ladi, ikkinchidan, onaning nafas olishini his qilayotgan bola birga nafas olib, nafas olish tizimi rivojlanadi. «Kenguru» qilish barvaqt tug‘ilgan bolalarni parvarish qilishda eng muhim muolaja desak adashmaymiz.
  4. Bolaga har kuni u naqadar sevimli va kerakli ekanligi haqida aytish lozim. Onaning mehrini sezgan bola onasi uchun ham yashab ketadi.
  5. Bolani steril qo‘llar bilan silash shaklidagi massaj qilish juda muhim. Agar silashni aynan onasi amalga oshirsa, uning foydasi ikki barobar kuchli bo‘ladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Peritonit - qorin pardasi yallig‘lanishi

Shu o‘rinda, chaqaloqlarning muddatidan oldin dunyoga kelishida bir qator omillar sabab bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tish joiz. Og‘ir yuk ko‘tarish, asabiylashish, qo‘lidan kelmaydigan ishlarga ham unnab ketaverish, qomatini saqlayman deb o‘zini ovqatdan tiyish yoki oilada homiladorga kerakli shart-sharoitlarning yaratilmasligi kabi holatlar ham chaqaloqning muddatidan oldin tug‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, ayollarimizga, ayniqsa homiladorlarga nafaqat yaqinlari, qarindoshlari, balki atrofdagilar ham e’tiborli bo‘lishlari, ya’ni loaqal avtobus yoki taksilarda ularga qulayliklar yaratib berishlari kerak. Zero, chaqaloq dunyoning eng shirin ne’mati, mo‘’jizasidir.

© Sherzod O‘SAROV,
Sirdaryo viloyati BKTTM oliy toifali reanimatolog shifokori.
«Salomatlik sandig‘i» gazetasi.

Oziqlantirish
25.04.2024, 11:53

Ulashish

Tavsiya qilinadigan dorilar

Product ID: 32

Anekalsin, 15 paket - Plan baby

Mahsulot haqida qisqacha:

  • Bolalarni sog`lom o`sishi va rivojlanishi uchun yordam beradi
  • Suyaklar va tishlarni mustahkamlaydi
  • Raxit kasalligini oldini oladi va davolaydi

80 000 so'm

Product ID: 33

Vitaminar Biff Baby, 10 qadoq - Plan baby

Mahsulot haqida qisqacha:

  • Ichak mikroflorasini normallashtirishda;
  • Ovqat hazm qilishini yaxshilashda;
  • Antibiotiklar qabul qilish va boshqa kimyoterapevtik davolashdan keyingi holatda;
  • O'n ikki barmoqli ichak faoliyatini tartibga solishda;
  • Bolalarda immun tizimini mustahkamlashda;
  • Meteorizm va qorin dam bo'lishida.

60 000 so'm

Product ID: 37

Vitaminlar Dora kalsin, 15 qadoq - Plan baby

Mahsulot haqida qisqacha:

  • Suyaklar va tishlar mustahkamligi uchun
  • Bolalarda kalsiy yetishmovchiligini to`ldiradi
  • Immun tizimini mustahkamlaydi
  • Osteoparozni oldini oladi va davolaydi

99 000 so'm

Product ID: 38

LAKTON Baby, 10 qadoq - Plan baby

Mahsulot haqida qisqacha:

  • Ichak mikroflorasini tiklaydi
  • Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi
  • Turli xil diareyalarda qo`llaniladi

77 000 so'm