Oziqlantirish
24.04.2024, 09:46

Quloq oqqanda ona sutini sog‘ish to‘g‘rimi?

– “O‘zbekchilik”da “quloq oqishi” degan kasallik bor. Bu asosan, yosh bolalarda ko‘p uchraydi. Bunday holatda ona sutini quloqqa sog‘ish to‘g‘rimi?

Quloq oqqanda ona sutini sog‘ish to‘g‘rimi?
Quloq oqqanda ona sutini sog‘ish to‘g‘rimi?

Jamshid Qurbonov, otorinolaringolog:

– Muvozanat degan tushuncha bor. Bu muvozanat buzilgandan keyin muammo ketma-ket kelaveradi. O‘rta quloq burunga o‘z teshigini ochadi. Mana shu teshik ochilishining o‘z kengligi me’yori va darajasi bor. Bu shilliq ishlab chiqaradi. Mana shu yerda biron-bir sababga ko‘ra yopilish bo‘lsa, bosim oshib ketadi. Ushbu suyuqlik qayerdandir chiqib ketishi kerak. Bunga yordam beruvchi eng nozik devor – nog‘orapardani itarib, teshib chiqib ketadi. Har gal nog‘orapardadan oqib chiqayotgan shilliq, yiring kabi ajralmalar teshikni kattalashtirib yuboradi va bu bilan eshitish darajasi pasayib boradi.

Eng yomoni, e’tiborsizligimiz yoki boshqa ish bilan bandligimiz tufayli kasallikni ancha o‘tkazib yuborib, miyadagi asab tizimigacha yetib borgach, shifokorga murojaat qilamiz. Shifokor bemorga qo‘lidan kelgancha yordam beradi, uni davolaydi, ammo bola uchun bu jarayon qiyinchilikda o‘tadi. Ona suti juda ham foydali, ammo bu degani quloqdan ajralma oqqanda sut sog‘ib davolaymiz degani emas. Albatta, shifokor ko‘rigiga borish kerak.

© Qalampir.uz nashri.

Oziqlantirish
24.04.2024, 09:46

Ulashish

Tavsiya qilinadigan dorilar

Product ID: 33

Vitaminar Biff Baby, 10 qadoq - Plan baby

Mahsulot haqida qisqacha:

  • Ichak mikroflorasini normallashtirishda;
  • Ovqat hazm qilishini yaxshilashda;
  • Antibiotiklar qabul qilish va boshqa kimyoterapevtik davolashdan keyingi holatda;
  • O'n ikki barmoqli ichak faoliyatini tartibga solishda;
  • Bolalarda immun tizimini mustahkamlashda;
  • Meteorizm va qorin dam bo'lishida.

60 000 so'm

Product ID: 37

Vitaminlar Dora kalsin, 15 qadoq - Plan baby

Mahsulot haqida qisqacha:

  • Suyaklar va tishlar mustahkamligi uchun
  • Bolalarda kalsiy yetishmovchiligini to`ldiradi
  • Immun tizimini mustahkamlaydi
  • Osteoparozni oldini oladi va davolaydi

99 000 so'm